"Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinlarda VAR ishlaydimi? O‘zPFL rasmiy xabarni e’lon qildi

  • 30 aprel, 2022, 18:09
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

30 aprel – 2 may kunlari O‘zbekiston Superligasida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Oldinroq tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlaydigan rasmiy shaxslar ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib, turning so‘nggi ikki o‘yinida VAR tizimi ishlashi masalasi ko‘chma televizion stantsiyaning jadvaliga asosan keyinroq ma’lum qilinishi bildirilgandi. 

Televidenie ko‘chma stantsiyasining jadvalidan kelib chiqib, 2 may sanasidan o‘rin olgan “Paxtakor” – AGMK uchrashuvida Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida esa VAR tizimi ishlamaydi.

Coca-Cola Superliga. 6-tur

2 may, dushanba

PAXTAKOR – AGMK

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rishat Nugmanov, Shohruh A’zamov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

VAR assistenti: Akobirxo‘ja Shukurullaev

Komissar: Bekzod Aripov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umar As
30/04/2022 21:46
Xamma narsa Toshkentdan ikanda. Nasaf 20/1 uynarkanda