"Nasaf"dagi debyutant
Kecha "Nasaf" Superliga 6-turida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qildi. Gollarga boy bellashuvda qarshiliklar yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Shahzod Akramov Superligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Akramov debyutida zaxiradan maydonga tushdi.
Shahzod Akramov
Tug‘ilgan yili: 07.02.2004
Tug‘ilgan joyi: Navoiy viloyati, Zarafshon tumani
Ampluasi: yarim himoyachi


Fikrlar