"Nasaf"ga kumush medallarni taqdim etgan o‘yindan so‘ng Abramov nimalar dedi?

  • 29 noyabr, 2020, 18:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Jamoalarning nomidan kelib chiqqan holda ahamiyati yuqori o‘yin edi. Ammo biz bellashuvni omadsiz tarzda boshladik. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik. Darvoza yaqinigacha keldik, biroq so‘nggi zarbani yo‘llaydigan futbolchi topilmadi.

O‘tkazib yuborilgan golga kelsak, raqib o‘yinchisi to‘pga ajoyib tarzda zarba berdi. Ikkinchi bo‘lim o‘zimiz xohlagandek kechmadi. Shaxsan menga ikkinchi taymdagi o‘yinimiz umuman yoqmadi. Umumiy ma’noda "Nasaf" haqli tarzda g‘alaba qozondi. Buning uchun ularni tabriklayman. Chunki biz o‘zimiz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni bajara olmadik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!