"Nasaf"ni yana kimlar tark etdi va ularning o‘rni qaysi futbolchilar bilan to‘ldirildi? (Foto)

  • 4 mart, 2021, 22:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Dilshod Rahmatullaev, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboev, Mashhur Muhammadjonov, Javohir Esonqulov klub bilan shartnomalari tugaganligi va ular o‘z faoliyatlarini boshqa jamoalarda davom ettirishni xohlaganliklari sababli "Nasaf"ni tark etishdi.

Tecno

O‘tgan mavsumda ijara asosida “Buxoro”da o‘ynagan Ilhom Alijonov hamda “Sho‘rtan”da to‘p tepgan Xudoyorxon Sagdullaev bilan o‘zaro kelishilgan holda o‘rtadagi shartnoma bekor qilindi. O‘tgan mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan Faycal Traore Pro liga vakili “Yangier”ga o‘tdi.

“Nasaf” klubi o‘z falsafasiga sodiq qolgan holda bor e’tiborni o‘z tarbiyalanuvchilariga qaratadi. Jamoani tark etganlar o‘rnini ham imkoniyatdan kelib chiqqan holda asosan o‘tgan mavsumda o‘rinbosarlar tarkibda harakat qilgan futbolchilar bilan to‘ldirildi. Bundan tashqari “Sho‘rtan” jamoasida harakat qilgan Shokir Yo‘ldoshev, “Dinamo”da to‘p tepgan Suhrob Nurilloev rasman “Nasaf” jamoasi a’zosiga aylandi. Bu hada klub matbuot xizmati xabar berdi.

Suhrob Nurilloev
Tug‘ilgan yili: 04.01.1998
Ampluasi: Yarim himoyachi
So‘ngi jamoasi: «Dinamo»

_DSC5647

Shokir Yo‘ldoshev
Tug‘ilgan yili: 30.11.1995
Ampluasi: Yarim himoyachi
So‘ngi jamoasi: «Sho‘rtan»

_DSC5651

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!