“Nasaf”ning 3 nafar futbolchisi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi
O‘zingizga ma’lumki, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidagi navbatdagi tur uchrashuvida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. 19 noyabr kuni esa Falastinga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga “Nasaf” futbol klubing 3 nafar vakili taklif qilindi. Bular – Azizjon G‘aniev, Sharof Muhitdinov va Humoyun Murtozaev. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari "Nasaf" jamoasining massajchisi Andrey Bezborodov ham 2 noyabrdan 20 noyabrga qadar milliy terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi.



Fikrlar