
"Nasaf"ning keyingi raqibi - "Al-Faysali" haqida nimalarni bilasiz?
Osiyo Chempionlar ligasining “E” guruhida bahs olib borayotgan “Nasaf” navbatdagi uchrashuvini 16 aprel kuni Saudiya Arabistonining “Al-Faysali” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da start oladi.
Ta’kidlash kerakki, “Al-Faysali” klubiga 1954 yilda asos solingan. Klub joriy mavsum Saudiya Arabistoni Premer-ligasida 11-o‘rinda bormoqda.
“Al-Faysali” futbolchilarining ayni damdagi o‘rtacha yoshi 27,6 ni tashkil qiladi. Jamoa safida 7 ta legioner mavjud. Klubning 5 nafar futbolchisi o‘z mamlakati terma jamoasida to‘p suradi. Jamoa a’zolarining hozirgi transfer narxi 15,08 mln evroni tashkil qiladi.
“Al-Faysali” o‘z uy uchrashuvlarini “Al Majma'ah Sports City Stadium”da o‘tkazadi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 7 ming nafar ishqibozni sig‘dira oladi.
Jamoani portugaliyalik mutaxassis Daniel Ramos boshqarib kelmoqda.
Fikrlar