"Nasaf"ning OFK litsenziyalashiga oid xushxabar!
"Nasaf" bir necha yildan beri OFK litsenziyalashidan o‘ta olmay kelayotgandi. Bugun PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida qarshiliklar uchun ajoyib yangilikni ma’lum qildi.
"Nasaf" shu kunlarda litsenziyalash bo‘yicha OFKga murojaat qilayotgandi. Shu bois tashkilot ularning hujjatlarini istisno tariqasida ochib berganini bildirdi.
- Murojaatimizga ko‘ra, OFK "Nasaf" uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tizimini istisno tariqasida ochib berdi. "Nasaf" hujjatlarni allaqachon yuklashni boshladi.
Endi hammasi hujjatlar qanchalik aniqlik bilan tizimga kiritilgani va shuning xulosasi asosida OFK taqdim etadigan javobda qoldi. Kutamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.


Fikrlar