
"Nasaf"ning Turkiyadagi raqiblari nomi ma’lum
Avval xabar qilganimizdek, "Nasaf" futbolchilari 5 fevraldan 19 fevralga qadar yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari yig‘in davomida asosiy e’tiborni nazorat uchrashuvlariga qaratishadi. O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini doirasida oltita nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Hozircha ulardan beshta raqibning nomlari ma’lum. Oltinchi jamoa bilan esa muzokara olib borilmoqda. Qarshiliklarning raqiblari Ukraina, Makedoniya, Qirg‘iziston, Belorussiya davlatlari jamoalari bo‘ladi.
"Nasaf" futbolchilarining Antaliyadagi nazorat uchrashuvlari jadvali:
7 fevral – “Kolos” (Ukraina)
10 fevral – “Vorskla” (Ukraina)
11 fevral – “Bregalnitsa ” (Makedoniya)
14 fevral – “Dordoi” (Qirg‘iziston)
17 fevral – “Torpedo Belaz” (Belorus)
Fikrlar