"Navbahor" - "Nasaf" o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar narxi ma’lum qilindi. Ularning soni cheklangan
O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinga chiqarilgan chiptalar ertadan sotuvga chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Muxlislar chiptalarni ertaga soat 9:00dan boshlab, “Markaziy” o‘yingoh kassalaridan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Chiptalar narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Chiptalar miqdori esa cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 22 avgust kuni soat 19:00da start oladi.

Fikrlar
Ма'лумки бу микдор НАВБАХОР мухлислари у/н анчагина камлиги б/н муаммо келтириши мумкин.