
"Navbahor" - "Nasaf" o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurdi?
Biroz avval, Superliga 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda "Navbahor" va "Nasaf" o‘zaro kurash olib bordi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun 17 752 nafar muxlis bevosita stadionga tashrif buyurgan. Umuman olganda, bu holat namanganlik futbol ixlosmandlari bilan ilk bor takrorlanmayapti. 1-turdan o‘rin olgan "So‘g‘diyona"ga qarshi bellashuvni "Markaziy" o‘yingohidan 17558 nafar tomoshabin kuzatgan.
Endi "lochinlar" keyingi uy uchrashuvini 5-turda o‘tkazadi. Bu safar "Markaziy"da amaldagi chempion "Paxtakor" mehmon bo‘ladi.
Fikrlar