"Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi qanday o‘tdi? O‘yin sharhi
Bugun Namangandagi "Markaziy" o‘yingohning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda viloyat hokimi, viloyat futboli rahbari Hayrulla Bozorov tomoshabinlarni Namangandagi ilk o‘yin bilan tabriklar ekan quyidagi fikrlarni ham bildirib o‘tdi.
- Barchani viloyatimizdagi ilk uchrashuv bilan tabriklayman. Ushbu stadion qaytadan FIFA talablari asosida ta’mirdan chiqarildi. O‘yingoh yonida jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun 6200 o‘ringa mo‘ljallangan maydonni ham bugun foydalanishga topshirdik.
Frantsiyaning "Lion" klubi bilan o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishildi. Qolaversa, "Lion" klubi bilan Namanganda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi, - dedi Hayrulla Bozorov.

Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuvda maydon egalari ustunlikka erishishdi.
Oston O‘runov chap qanotdan reyd uyushtirdi. Uni “So‘g‘diyona” klubi vakili jarima maydoni chizig‘i oldida yiqitdi. Belgilangan standartdan to‘pni darvozaga Slavko Lukich ajoyib tarzda joylab qo‘ydi.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng jizzaxliklar bosim qilib, o‘z omadlarini raqib darvozasi atrofidan izlashdi. Biroq Ulug‘bek Baqoev shogirdlari oxirgi hujumni yakunlay olishmadi.
Hujumga o‘tgan mezbonlar oradan ko‘p vaqt o‘tmay muvaffaqiyatga erishishdi. Mirzohid G‘ofurov chap qanotdan oshirgan to‘pni Aleksandr Kasyan boshi bilan to‘rga yo‘lladi.
Raqib posbonining nozik joyini topib olgan Kasyan 31-daqiqada Solovyov uzatgan to‘pni yana boshi bilan darvozaning pastki burchagiga joyladi.
Birinchi taym oxirlarida Kasya yana gol urgandi. Ammo qanot hakami uni o‘yindan tashqari holatda ekanligini ma’lum qildi.

Ikkinchi bo‘lim oxirida mehmonlar bitta gol urishdi va uchrashuv 3:1 hisobi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, “Navbahor” bu mavsumdagi o‘z maydonidagi ilk uchrashuvda zafar quchdi.
Fikrlar