"Navbahor" 6 yanvar kuni Turkiyaga jo‘nab ketadi

  • 28.12.2021 20:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” jamoasi yangi bosh murabbiy Samvel Babayan boshchiligidagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi.

Namangandagi mazkur yig‘in 20-28 dekabr kunlari o‘tkazildi va unda mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi.

Klub matbuot xizmatining xabarida yozilishicha, yangi yil munosabati bilan “Navbahor” a’zolari qisqa muddatli ta’tilga chiqishadi hamda 2022 yilning 5 yanvar kuni Toshkentda yig‘ilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va 6 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketishadi.

“Lochinlar”ning Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida tarkibga yangi futbolchilarning qo‘shilishi, shuningdek, bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Хидоятов Гулом
28/12/2021 23:20
Узимизда хам совукмаску.бекорга пул сарфлаб