"Navbahor" anchadan beri Toshkentda "Paxtakor"ni mag‘lub eta olmayapti

  • 13.09.2021 17:40
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 18-turida "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni qabul qiladi.

O‘yinda "Navbahor"dan Mirzohid G‘ofurov diskvalifikatsiya tufayli mazkur bellashuvda maydonga tusha olmaydi. "Sherlar"da bunday yo‘qotish mavjud emas. Ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 61 uchrashuvda maydonga tushgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 38 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 10 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 103 gol urilib, 48 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 9 bahsda "sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Toshkentdagi uchrashuvlarning 25tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 4 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 24 o‘yinda 22 g‘alaba va 2 durangga erishib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

“Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 15 sentyabr, chorshanba kuni 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

"Paxtakor" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kankret bola
14/09/2021 22:00
Bu an'ana yana davom etadi!!!
Keyin vodiyli muxlisla nimaladandur ayb topib Paxtakorri o'yinni sudyalani butun boshli chempionatti sotvoganlikda ayblashadi lekin xich qachon xaqqoniy mag'lubiyatlarini tan olishmidi mana ko'rasla