"Navbahor" Eron safariga taraddud ko‘rmoqda
Xabaringiz bor, “Navbahor” Osiyo Chempionlar ligasi (OChL)ning 4-turidan o‘rin olgan bahsni safarda Eronning “Nassaji Mazandaran” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Navbahor" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur o‘yinda qatnashish uchun “Navbahor” PFK delegatsiyasi a’zolari 5 noyabr kuni tungi 3:30 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent – Sharja – Tehron yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishadi va Tehron vaqti bilan soat 11:00 da Eron poytaxtiga etib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Nassaji Mazandaran” - “Navbahor” bahsi 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.



Fikrlar