"Navbahor" ertaga Turkiyaga jo‘nab ketadi
Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan vitse-chempion, Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL) “pley-off” bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan jamoamiz 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlikni ham jiddiy tarzda olib borishni niyat qilgan.
“Lochinlar” yangi yildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish maqsadida, ertaga ertalab Toshkent – Antaliya aviayo‘nalishi bo‘yicha Turkiyaga parvoz qilishadi.
Turkiyadagi yig‘in davomida jamoamiz xorij klublariga qarshi bir qator nazorat-sinov uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
"Navbahor" matbuot xizmati.



Fikrlar