
"Navbahor" futbolchisi gol urgan o‘yinda Yaponiya Tojikistonni mag‘lubiyatga uchratdi (video)
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Osiyo qit’asida “JCh-2022” saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugun qo‘shni Tojikiston terma jamoasi safarda Yaponiyaga qarshi bahs olib bordi. O‘yin maydon egalarining to‘liq ustunligida kechdi. Shu kuni Yaponiya terma jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Kyogo Furuxashi (6'), Takumi Minamino (40'), Kento Xasimoto (51') va Xayao Kavabe (71') mualliflik qildi. Tojikistonning yagona javob golini “Navbahor” a’zosi Exsoni Panshanbe (9') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar