"Navbahor" ham, "Andijon" ham sovrinni olib ketmoqchi yoxud Kubok finali haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

  • 2 oktabr, 2024, 11:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” jamoamizni oldinda O‘zbekiston Kubogi finali kutmoqda. Shu bois siz muxlislar uchun Kubok finallari tarixi haqida ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

O‘zbekiston Kubogi 1992 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Eng ko‘p g‘olib chiqqan klub “Paxtakor” bo‘lib, uning hisobida 13 ta Kubok mavjud. Undan keyin “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari bo‘lib, ikkalasida 4 tadan qo‘lga kiritilgan Kubok bor. “Navbahor” hamda “Lokomotiv” esa 3 martadan Kubokni yutishgan. Farg‘onaning “Neftchi”sida 2 ta yutilgan Kubok bo‘lsa, OKMK hamda sobiq “Do‘stlik” jamoalari 1 tadan Kubokni yutib tarixga kirishgan.

Finallarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan klublar uchta bo‘lib, bular – “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Neftchi” jamoalaridir. Boisi, ular 5 marotaba mag‘lubiyatga uchraganlar. 13 marta g‘olib chiqqan “Paxtakor” esa Kubok finallarining 4 tasida yutqazgan. OKMKda 3 ta mag‘lubiyat bor. “Navbahor” 2 marta imkoniyatni boy bergan. Shuningdek, “Temiryo‘lchi”, “Yangier”, “Sho‘rtan”, MHSK, “Dinamo”, “Traktor” va “Mash’al” klublari Kubok finaliga chiqishgan va mag‘lub bo‘lishgan. Finallarda yutqazmagan klublar 2 ta – “Lokomotiv” va “Do‘stlik”. “Loko” uch marta finalga chiqqan va barchasida g‘olib bo‘lgan. “Do‘stlik” esa bir bor hal qiluvchi o‘yinda o‘ynab, o‘z maqsadiga erishgan.

Umuman olganda, O‘zbekiston Kubogi finalida 15 ta jamoa ishtirok etgan, “Andijon” esa ularning 16-si bo‘lib tarixga kiradi.

O‘tgan yili Kubok finali Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tgan va unda “Nasaf” OKMKni 1:0 hisobida yutgan.

Bu yil hal qiluvchi bellashuvda maydonga tushadigan “Navbahor” va “Andijon” o‘rtasidagi bahs Kubok finallarining 32-o‘yiniga aylanadi.

O‘zbekiston Kubogining barcha finallari

1992 yil

 “Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 0:0 (pen.b:6:5)

1993

“Paxtakor” – “Navbahor” – 3:0

1994

“Neftchi” – “Yangier” – 2:0

1995

“Navbahor” – MHSK – 1:0

1996

“Neftchi” – “Paxtakor” – 0:0 (pen.b:5:4)

1997

“Paxtakor” – “Neftchi” – 3:2 (qo‘sh.v)

1998

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

1999\2000

“Do‘stlik” – “Paxtakor” – 4:1

2000\2001

“Paxtakor” – “Neftchi” – 2:1

2001\2002

“Paxtakor” – “Neftchi” – 6:3 (qo‘sh.v)

2002\2003

“Paxtakor” – “Nasaf” – 3:1

2004

“Paxtakor” - “Traktor” – 3:2

2005

“Paxtakor” – “Neftchi” – 1:0

2006

“Paxtakor” – “Mash’al” – 2:0

2007

“Paxtakor” – “Quruvchi” – 0:0 (pen.b:7:6)

2008

“Bunyodkor” – “Paxtakor” – 3:1 (qo‘sh.v)

2009

“Paxtakor” – “Bunyodkor” – 1:0

2010

“Bunyodkor” – “Sho‘rtan” – 1:0

2011

“Paxtakor” – “Nasaf” – 3:1

2012

“Bunyodkor” – “Nasaf” – 3:0

2013

“Bunyodkor” – “Nasaf” – 2:1

2014

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” - 1:0 (qo‘sh.v)

2015

“Nasaf” – “Bunyodkor” – 2:1

2016

“Lokomotiv” – “Nasaf” - 1:0

2017

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 1:0

2018

OKMK – “Paxtakor” – 3:1

2019

“Paxtakor” – OKMK – 3:0

2020

“Paxtakor” – OKMK – 3:0

2021

“Nasaf” – “Paxtakor” – 2:1

2022

“Nasaf” – “Navbahor” – 2:1 (qo‘sh.v)

2023

“Nasaf” – OKMK – 1:0

2024

“Navbahor” – “Andijon”...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
02/10/2024 13:30
Кучлиси ютсин, энг асосий халол футбол курайлик, Навбахордан галаба кутаяпман.