"Navbahor" jamoasi mashg‘ulotiga ikki nafar yangi legioner qo‘shildi (Foto)

  • 12.01.2021 19:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" jamoasi yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan Namangan shahridagi “Yosh kuch” stadionida o‘tkazilmoqda.

Jamoaning bugungi mashg‘ulotida ikki nafar serbiyalik futbolchilar ishtirok etishdi. Ular himoyachi Nikola Tasich va yarim himoyachi Marko Potenjinendir.

Hozircha, ushbu legionerlar ko‘rikda bo‘lib turibdi. Ularning jamoada qolishi mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik o‘yinlaridagi harakatlariga bog‘liq.

photo_2021-01-12_19-41-39

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!