
"Navbahor" jamoasining taqdimot marosimi qanday o‘tdi? Arena muxlislar bilan to‘la bo‘ldi (Fotogalereya)
Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasida "Navbahor" jamoasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Abdurazakov, viloyat sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Shundan so‘ng, davraga "Navbahor" jamoasi a’zolari taklif etilib, ularga yangi mavsumda to‘p suradigan raqamlari yozilgan yangi mavsum formalarini topshirdi.
Jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, gruziyalik yarim himoyachi Elguja Grigalashvili so‘zga chiqib, yangi mavsumda futbol ishqibozlarini hursand qilish, munosib o‘yin ko‘rsatish va natijaga erishish uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidladilar.
Viloyat rahbari o‘z so‘zida muhtaram Prezidentimiz Namanganga tashriflari chog‘ida viloyatimiz futbolini alohida e’tirof etganliklari, shuningdek, viloyat muxlislar borasida ham to‘xtalib o‘tganliklarini aytib, yangi mavsumda jamoamizga omad yor bo‘lishini tiladi.
Shundan so‘ng, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari klub rahbariyati bilan birga esdalik uchun suratga tushdilar.






.jpg)




Fikrlar