
"Navbahor" legioneri klub safiga kelib qo‘shildi
"Navbahor" jamoasining tojikistonlik futbolchisi Ehsoni Panshanbe klub ixtiyoriga kelib qo‘shildi. Bu haqda namanganliklar matbuot xizmati ma’lum qildi:
"Panshanbe jamoamiz mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Jamoamiz a’zolari Turkiyaning Belek shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirishmoqda. Mashg‘ulotga jamoamizning 21 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe qo‘shildi.
Panshanbe hamyurtimiz Usmon Toshev murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasining BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etib qaytdi. Mazkur yig‘in davomida tojikistonliklar Iordaniya terma jamoasiga qarshi 1 va 5 fevral kunlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, dastlabki bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, ikkinchi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Mashg‘ulotlarda jamoamiz futbolchilariga kuch-quvvat tilab qolamiz", - deya xabar qoldirdi "lochinlar" "Telegram" kanali.
Fikrlar