"Navbahor" legioneriga "So‘g‘diyona" qiziqmoqda

  • 16.12.2021 16:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kun avval "Navbahor" klubini tark etgan Ivan Solovyov faoliyatini yana mamlakatimizda davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik yarim himoyachiga "So‘g‘diyona" klubi qiziqish bildirmoqda. Jizzaxliklar Ivan Solovyovni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu masala bo‘yicha "So‘g‘diyona" vakillari tez orada ishga kirishishi mumkin.

"Navbahor"ni tark etgan rossiyalik futbolchi yurtimizda faoliyatini davom ettirishga qarshi emasligini, taklif tushsa ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Ivan Solovyov “Navbahor” tarkibiga 2019 yilgi mavsumda qo‘shilib, 3 yil (2019-2021 yillar) davomida “lochinlar” safida jami 70 ta o‘yinda maydonga tushib, 5626 daqiqa harakatlangan holda, 6 ta golga mualliflik, 8 ta golga assistentlik qildi.

IMG_3080

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!