"Navbahor" "Metallurg"ni mag‘lub etdi

  • 30 yanvar, 2021, 18:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Navbahor" va "Metallurg" jamoalari bugun o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuvda bekobodliklar birinchi bo‘lib gol kiritishgan bo‘lishsa-da, yakunda imkoniyatni boy berishdi.

Tecno

O‘yinning 6-daqiqasida Doniyor Narzullaev raqib posboni bilan yakkama-yakka chiqdi va darvozaning olis burchagini nishonga oldi. Namanganliklar posboni to‘pni amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan to‘p o‘yinga kiritilganda Stanislav Andreev – Akbar Ismatullaevlar boshlab bergan kombinatsiyani Evgeniy Makeev golga aylantirdi.

Biroq qolgan daqiqalarda “Navbahor”chilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oldi va “Metallurg” darvozasiga to‘rtta javob golini yo‘llashi. Zabixillo O‘rinboev, Ivan Solovev, Abbos G‘ulomov hamda Farhod Mirahmatovlar muvaffaqiyat qozonishdi.

Nazorat o‘yini

"Navbahor" — "Metallurg" 4:1

Gollar: Evgeniy Makeev — Zabixillo O‘rinboev, Ivan Solovev, Abbos G‘ulomov, Farhod Mirahmatov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!