
"Navbahor" omadli startni qancha kutdi?
Navoiyning "Qizilqum" klubi Superliganing birinchi turida "Navbahor" mehmoni bo‘lib, yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (3:0). Gollarga Jamshid Boltaboev, Igor Golban va Shohruz Norxonov mualliflik qildi.
Shu tariqa Namangan klubi 6 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Bunaqasi oxirgi marta 2017 yilda ro‘y bergan bo‘lib, Mirzohid G‘ofurov va G‘iyosjon Komilovning gollari evaziga "Obod" mag‘lub qilingandi.
Fikrlar