"Navbahor" Oston O‘runov bilan shartnoma imzolashi mumkin

  • 26.10.2022 19:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘runov “Ural” bilan shartnomasi tugaganidan keyin faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin

Tecno

"Metaratings" nashri xabariga ko‘ra, Oston "Ural" bilan shartnomasini bekor qilgach, "Navbahor" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. O‘runov Namangan klubida 2017-2019 yillarda o‘ynagan va yozda ham O‘runov Namanganga kelishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo yakunda transfer amalga oshmay qoldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘runov yakuniy qarorni “Navbahor” OChLga yo‘l olganidan keyin qabul qiladi. “Navbahor” chempionatda sovrinli o‘rin olsa yoki O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritsa, unda futbolchi "lochinlar" bilan muzokara olib borishi mumkin. Shu bois futbolchi qaror qabul qilishdan oldin mavsum yakunini kutish niyatida.

Chempionat yakunlanishiga uch tur qolganda “Navbahor” O‘zbekiston Superligasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!