“Navbahor” Ukraina klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi
Yangi mavsumga Turkiyaning Belek shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” klubi bugun Ukrainaning “Obolon” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
2013 yilda tashkil topgan Kievning “Obolon” klubi bilan bahsda "lochinlar" 1:1 hisobidagi durang qayd etishdi. Namanganliklar uchrashuvda birinchi bo‘lib darvozani ishg‘ol etishdi. Shohruh Mahmudhojiev "Navbahor"ning goliga mualliflik qildi. Keyinroq esa ukrainaliklar vaziyatni tenglashtirishdi.
Shu tariqa, bellashuvda kuchlar teng kelib, g‘olib nomi aniqlanmadi.

Fikrlar