"Navbahor" ukrainalik hujumchiga qiziqmoqda

  • 28.01.2021 07:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” klubi tarkibini bir qator mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirishga erishayotganini ko‘rib turibsiz. Namanganliklar  hujum chizig‘iga ham yana bir futbolchini taklif qilishni rejalashtirgan.

Tecno

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, “Navbahor”ning muzokaradagi hujumchilari orasida ukrainalik Yuriy Kolomoets ham bor. Klub vakillari tomonidan ushbu legionerga ham qiziqish bildirilmoqda.

Kolomoets

Mazkur futbolchi 31 yoshda bo‘lib, o‘tgan mavsumda Estoniyaning “Levadiya” jamoasida to‘p surgan. Kolomoets faoliyati davomida Ukrainaning “Krivbass”, “Aleksandriya”, “Vorskla” va yana ayrim jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek,  Vengriyaning MTK klubida ham to‘p tepgan.

Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Agar tomonlar bir to‘xtamga kelsa, Yuriy Kolomoets yangi mavsumni “Navbahor” libosida o‘tkazishi mumkin.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!