"Navbahor" va "Lokomotiv" bir futbolchi uchun kurashadi!
"Qizilqum" yarim himoyachisi Islom Kenjaboev jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli futbolchi xizmatiga "Lokomotiv" va "Navbahor" klublari qiziqish bildirmoqda. Havbekning "Qizilqum" bilan amaldagi shartnomasi yil so‘nggida nihoyasiga etadi.
Kenjaboev yakunlangan mavsumda 14ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlik qilgan. U yozda Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" jamoasidan kelib qo‘shilgandi.



Fikrlar