
"Navbahor" vakili Oston O‘runovni klub bilan shartnomasi borligini,futbolchi esa jamoadan ketganini aytdi. Aslida vaziyat qanday?
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov jamoadan ketganini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi instagramdagi sahifasi orqali xabar berdi.
SPORTS.uz sayti voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Oston O‘runov bilan bog‘lanib ko‘rdi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Biroq "Navbahor" klubi matbuot kotibi Ostonning jamoa bilan 1 yillik shartnomasi borligini ma’lum qildi. Qiziq, kimning gapi to‘g‘ri ekan? Matbuot kotibi shartnomasi borligini aytmoqda. Bo‘lishi mumkin. Biroq futbolchi bitimni bekor qilib, boshqa klub bilan kelishib qo‘ygan bo‘lishi ham haqiqatga yaqinroq. Chunki ketmaganida O‘runov bu gaplarni aytmagan bo‘lardi. Har holda bunday keskin fikrlar orqali rahbariyat bilan orasi buzilishi mumkin.
"Navbahor" matbuot xizmati: Oston O‘runovning klub bilan 1 yillik shartnomasi bor va u hech qaerga ketmaydi
Agar Oston O‘runov klubda qolsa ham u baribir ketishni istayotgan futbolchi bo‘lib qolaveradi! SPORTS.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runovga Toshkentning "Lokomotiv" klubi qiziqmoqda.
Fikrlar
Uzi ham ketishni xohlamaydi
Узи уйтган йили мажбур колган зурга ярим йил уйнади Кетиб булди
Узи уйтган йили мажбур колган зурга ярим йил уйнади Кетиб булди