
"Navbahor" vitse-prezidenti Otabek Samatovning xatti-harakatlari tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi
“Navbahor” futbol klubi vitse-prezidenti Otabek Samatov Superliga 19-turidan joy olgan “Andijon”ga qarshi uchrashuv yakunida nomaqbul hatti-harakatlarni amalga oshirgan. Liga komissarining bildirgisi asosida uning ishi O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi.
Andijondagi “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida mehmonlar vitse-prezidenti Liga komissarining ogohlantirishiga qaramay, uchrashuv rasmiylari ko‘z o‘ngida noto‘g‘ri hatti-harakatlarni amalga oshirgan. Shundan kelib chiqib, bugun bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” — “Turon” o‘yini vaqtida Otabek Samatov texnik zonaga kiritilmaydi.
Ma’lumot uchun, Otabek Samatovga nisbatan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining 2023-yil 21-iyuldagi qarori asosida uchrashuv rasmiylariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun jarima intizom chorasi qo‘llanilgandi.
Fikrlar