
"Navbahor" – "So‘g‘diyona" uchrashuviga qancha muxlis tashrif buyurdi?
O‘zbekiston Superligasining 4-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qilmoqda (3:0).
Stadion suhandonining ma’lum qilishicha, mazkur bellashuvni stadiondan tomosha qilish uchun Namangandagi "Markaziy" o‘yingohga 13950 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, bu o‘yinga chiptalar bepul tarzda tarqatildi. Agar "lochinlar" ushbu g‘alabani o‘yin so‘nggiga qadar saqlab qolsa, 9 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi.
Fikrlar