«Navbahor»da yangi nafas: Kapadzening muvaffaqiyat sirlari nimada?

  • 24.09.2026 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” o‘tgan yilgi qoniqarsiz mavsumidan so‘ng klubning keyingi yilgi rejalari muxlislar uchun kun masalasi edi.

2026-yilgi mavsum uchun “Navbahor” Temur Kapadzeni bosh murabbiy etib tayinlandi. Kapadze o‘z oldidagi “Neftchi” va bir qancha klublarning yuqori takliflariga qaramasdan, rad javobini berdi.

Murabbiyning “Navbahor” klubiga qo‘shilishiga asosiy sabab — Namangan hokimining oldinroq murabbiy bilan og‘zaki kelishuvi hamda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bo‘ldi.

Mavsum boshida “Lochinlar”ni qabul qilib olgan mutaxassisning oldiga ushbu mavsum uchun hech qanday vazifa qo‘yilmagandi. Birinchi davrada bir qator mag‘lubiyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da, bir qancha klublarga bosh og‘rig‘i bo‘ldi. “Paxtakor” ustidan qozonilgan g‘alaba hamda vodiiy derbisida “Neftchi” bilan durang shular jumlasidandir. Shuningdek, namanganliklar ikkinchi davrani kutilganidek muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Klub o‘z uyiga qaytganidan hali-hamon mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

Markaziy stadionga qaytish, uzluksiz g‘alabalar

O‘zbek klublarining asosiy muammolaridan biri — stadion yetishmovchiligi “Navbahor” klubini ham chetlab o‘tmadi. “Navbahor” Superliganing birinchi davrasini Toshkentning Olimpiya stadionida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Stadionning o‘zgarishi namanganlik muxlislar uchun tashrif buyurish qiyin bo‘lsa-da, klub muxlislari jamoani yolg‘iz qoldirmadi. “Navbahor” klubining uy stadioni 2026-yilda to‘liq rekonstruksiya qilinganidan so‘ng, klub ikkinchi davrani o‘z uy uchrashuvlarini Namanganda o‘tkazmoqda. Markaziy stadionga qaytish klub uchun omadli kechdi. Klub o‘z stadioniga qaytganidan so‘ng ketma-ket g‘alabalar seriyasini qayd etdi. Namanganlik muxlislar qarshisida jamoa "Dinamo", "Nasaf", "Bunyodkor", "Xorazm"ni taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu bahslarda Kapadze shogirdlari raqib darvozasiga 22 ta gol kiritdi va 8 ta gol o‘tkazib yubordi.

Yangi futbolchilar va klub siyosati

Namanganliklar mavsum oldidan bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Klub o‘z safiga yosh iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Mutaxassis o‘zining Olimpiya terma jamoasidagi Husayn Norchaev, Diyor Holmatov kabi bir qator shogirdlarini qo‘shib oldi, shuningdek, Jamshid Boltaboev, Umidjon Ergashov, Igor Gabriel hamda malakali futbolchilar bilan xayrlashdi. Birinchi davrada ushbu futbolchilar yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdi. Ikkinchi davra boshida klub tarkibini kuchaytirish maqsadida Joel Kojo kabi tajribali futbolchilarni ham qo‘lga kiritdi. Klubning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, Kapadze ta’kidlaganidek, ushbu mavsum klubga yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilmagan.

O‘yin uslubi — dominant futbol

“Navbahor” klubi ushbu mavsumga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tarkibini hamda o‘yin uslubini ham o‘zgartirdi. Jamoa mavsum boshidan dominant futbol namoyish etmoqda, ya’ni 4-2-3-1 taktikasidan foydalanmoqda. Kapadzening asosiy qurollaridan biri — pressing. Klubning markazdagi futbolchilari ham yuqori saviyadagi futbol namoyish etishmoqda. Bunga yaqqol misol — Diyor Holmatov klubdagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng milliy terma jamoaga chaqiruv oldi.

Jamoa markaziy o‘yinlarda qarshi hujumdan ham birdek foydalanmoqda. Ruslanbek Jiyanov va Muhammadali Usmonovning yuqori tezligi qarshi hujum uchun qo‘l kelmoqda.

Ushbu mavsumda klub ligada 44 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi, shuningdek, O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Keyingi yilga klubning rejalari va maqsadi

“Navbahor” klubi ushbu mavsumga yuqori maqsadlar qo‘ymagan bo‘lsa-da, sifatli futbol namoyish etmoqda. “Navbahor” klubi malakali murabbiy va sifatli futbolchilar orqali o‘z oldiga chempionlik maqsadini qo‘ysa ham bo‘ladi. Bir nechta klublarimizning holati kabi klubning ham moliyaviy holati barqaror. Ushbu omil chempionlikka kurashish uchun qulay imkoniyatdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!