
"Navbahor"dan ketgan futbolchi poytaxt klubiga o‘tdi
Avvalroq, "Navbahor" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov jamoa bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, Rashidxonov faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv" klubida davom ettiradi. Tomonlar kelishuvga erishgan, "temiryo‘lchilar" yaqin soatlar ichida Islom transferini e’lon qiladi.
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibini iqtidorli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Toshkentliklar bunga qadar, Sidiqov, Muxtorov va Abdujalilov kabi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar