"Navbahor"ga "Paxtakor" futbolchisi kerak
Namanganning "Navbahor" klubi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. "Lochinlar" ikkinchi davra oldidan "Paxtakor" futbolchisini tarkibga qo‘shib olishmoqchi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "sherlar" safida zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolgan Jasurbek Yaxshiboevga "Navbahor" tomonidan qiziqish bor. O‘z navbatida namanganliklar poytaxt jamoasi vakilini ijara asosida tarkibga chorlashmoqda. Biroq "Paxtakor" klubi uni hozircha qo‘yib yuborishni istamayapti.

Fikrlar