"Navbahor"ning kubok doirasidagi so‘nggi uy uchrashuvi uchun chiptalar necha puldan sotilmoqda?
O‘zbekiston Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” bahsi uchun chiqarilgan chiptalar 13 oktyabr kuni soat 9:00 dan boshlab, barcha kassalarda sotuvga chiqadi.
Chiptalar narxi 2 va 21-sektorlar uchun 30 000, qolgan sektorlar uchun esa 20 000 so‘m etib belgilangan. “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini 14 oktyabr kuni soat 19:00 da start oladi.
Mazkur bahs "lochinlar" uchun kubok doirasida Namangandagi so‘nggisi bo‘ladi. Chunki Babayan shogirdlari finalga chiqqan taqdirda, bellashuvga Buxoro shahri mezbonlik qiladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Fikrlar