
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi: Bunday natijalarga futbolchilar aybdor emas. Bunga tizim va unda ishlaydigan firibgarlar aybdor
“Navbahor” klubining sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Daniyaga qarshi o‘yindan oldin Rossiya terma jamoasining “Evro-2020”da qayd etadigan natijasi haqida gapirdi.
“Katta ehtimol bilan Rossiya terma jamoasi Evropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmaydi. Buning sabablari juda ko‘p. Umuman, Rossiyada futbol bilan bog‘liq katta muammo bor. Ammo bunday natijalarga futbolchilar aybdor emas. Bunga tizim va unda ishlaydigan firibgarlar aybdor.
Shaxsan men terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlayman. Imkoniyatlar bor, albatta, lekin ular juda kam.
Agar biz tasodifan 1/8 finalga chiqib qolsak, bu bosqichda imkoniyatimiz yo‘q”, - dedi Kanchelskis.
Daniya – Rossiya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. O‘yin Kopengagen shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar