
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi terma jamoada ishlashi mumkin
Qirg‘izistonlik futbol ahlining ijtimoiy tarmoqlarida Andrey Kanchelskis bilan selfi paydo bo‘ldi, deya xabar berdi taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida.
Manbaning yozishicha, "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi va ikki bor "Navbahor"ni boshqargan murabbiy Qirg‘iz Respublikasi milliy terma jamoasida ish boshlash uchun muzokara olib bormoqda. Ko‘rinishidan, Aleksandr Kristinin o‘rtoqlik o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi mumkin.
Bir necha kun avval saytimiz orqali 2020 yili “Navbahordan” iste’foga chiqqan rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskisning fikrlari chop etilgandi. Ammo mutaxassis terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan berilgan tanaffusdan foydalanib, klublardan biri bilan muzokara qilib kelganini ma’lum qilgandi. Bu jamoa Evropa yoki Osiyodan ekanini ochiqlamagan, muzokaralar oxirgi nuqtaga etmagunicha bu sir bo‘lib qolishini bildirgandi.
Fikrlar