
“Navbahor”ning sobiq murabbiyi Ronaldu Angliyada nechta gol urishini aytdi
“Navbahor”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Andrey Kanselskis “Manchester Yunayted”dagi ilk uchrashuvida dubl qayd etgan Krishtianu Ronaldu mavsum davomida nechta gol urishini bashorat qildi.
Kanchelskisning ta’kidlashicha, Ronalduning ilk urinishdayoq bir juft gol urgani uning mahorati yuksakligidan dalolat beradi. Rossiyalik murabbiy bu futbolchi mavsum davomida “Manchester Yunayted” uchun 20 tadan ortiq to‘p kiritishiga ishonmoqda.
Muxlislarga yaxshi ma’lumki, Kanchelskis ham futbolchilik davrida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar