“Navbahor”ning sobiq ustozi “Manchester Yunayted”ga zo‘r murabbiy topib berdi

  • 12 oktabr, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Manchester Yunayted”ni qaysi mutaxassis muvaffaqiyat sari etaklay olishini aytdi.

Ma’lumki, niderlandiyalik Erik ten Xag qo‘l ostida manchesterliklar kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti. Klub rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy qidiryapti.

- “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga eng mos mutaxassis Tomas Tuxel. Garet Sautgeyt ham juda yaxshi mutaxassis, lekin terma jamoa va klubda ishlash birbiridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun, Tomas Tuxeldan zo‘r boshqa variant ko‘rmayapman,  - dedi Andrey Kanchelskis.

Ta’kidlash joizki, Tomas Tuxel Myunxenning “Bavariya” klubidan iste’foga chiqarilganidan beri ishsiz yuribdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neytral muxlis
13/10/2024 16:34
Bu sovuq murabbiy kompensatsiya sifatida Navbahorni 3-4 yillik byudjetini shilib ketgan ekan (Alisher Usmonov to'lab beruvdi) Babayan intervyusida kecha aytdi. Shuning uchun Rossiyadan u-bu kimni olib kelishda ehtiyot bo'lish kerak, 7 o'lchab 1 kesish lozim