Navoiyda belbog‘li kurash bo‘yicha kuchlilar saralandi

  • 31 mart, 2024, 00:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 28-30 mart kunlari  Navoiy shahridagi Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi  sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik – taqvim rejasidagi joriy yilning ilk mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan  300 nafarga yaqin  yosh polvonlar g‘oliblik uchun kurash tushishdi. Mazkur  bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Navoiy viloyati sport  boshqarmasi boshlig‘i v.b. Jasur Murtozaev, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov,  Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Beknazar Qurbonov, Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Oybek Jumanazarov, belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi terma jamoa bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulovlar yosh polvonlarni qutlab, musobaqalarda omad tilashdi.   
Ikki kun davom etgan ushbu mamlakat kubogi musobaqasida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida 14 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo‘nalishda 7 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash tushishdi. Quydagi sportchilar esa o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. 
O‘g‘il bolalar 
Belbog‘li kurash yo‘nalishi
35 kg. Abduvoxit Muhammadov (Andijon), 
38 kg. Muhammadqodir Umaraliev (Farg‘ona), 
42 kg. Murodjon Dehqonov (Namangan), 
46 kg. Akilbek Kallibekov (QQR). 
50 kg. Oqilbek Rahimberdiev (Namangan), 
55 kg. Ramziddin Abdulhamidov (Andijon), 
60 kg. Muxibillox Sadirdinov (Andijon), 
65 kg. Muhammadali To‘lanboev (Andijon), 
71 kg. Boburbek Abdumalikov (Farg‘ona), 
77 kg. Bayishbek Mamataliev (Andijon), 
85 kg. Sarvarjon Turdiev (Navoiy), 
90 kg. Xudoyor Normirzaev (Farg‘ona), 
95 kg. Shahzodbek Karimov (Farg‘ona), 
+95 kg. Shohjahon Rahmatov (Toshkent v.). 
O‘g‘il bolalar 
Belbog‘li kurash erkin yo‘nalishi 
35 kg. Xudoyberdi Po‘latov (Buxoro), 38 kg. Abdulatif Nuriddinov (Navoiy), 42 kg. Shoxrux Jo‘raev (Andijon), 46 kg. Asror Rahmatov (Navoiy), 50 kg. Amirxon Shukurboev (Navoiy), 55 kg. Asilbek Muhammedov (Farg‘ona), 60 kg. Iskandar Umrzoqov (Namangan), 65 kg. Muhammadbunyod Shamolboev (Andijon), 71 kg. Muvsa Jumamuratov (QQR), 85 kg. Nasriddin Nasriddinov (Navoiy), 90 kg. Xojiakbar Mirzayuldoshev (Andijon), 95 kg. Husniddin Ibrohimov (Farg‘ona), +95 kg. Murodulla Alijonov (Farg‘ona). 
Qizlar 
Belbog‘li kurash erkin yo‘nalishi 
40 kg. Parizoda Mansurova (Navoiy), 44 kg. Jasmina Mamurjonova (Farg‘ona), 48 kg. Bahora Berdimuratova (Navoiy), 52 kg.  Gulsanam Abdukarimova (Farg‘ona), 57 kg. Shodiyona Ismoilova (Andijon), 63 kg. Shahnozaxon Abdumalikova (Farg‘ona), 70 kg. Aysuluv Qidirbaeva (QQR), +70 kg. Rayhona Mamatkarimova (Farg‘ona). 
Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!