
"Navruz Cup-2022". 1 ta chipta bilan 2 ta o‘yinni ko‘rishingiz mumkin, narxi esa...
Xabaringiz bor, Namanganda 25 va 29 mart kunlari "Navruz Cup-2022" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnirning 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlari uchun chiptalar bugundan sotuvga chiqdi.
Chiptalar narxi 2 va 21-sektorlar uchun 50 000 so‘m, boshqa barcha sektorlarga esa 30 000 so‘m etib belgilangan.
Asosiysi, bitta chipta xarid qilib, 25 mart kungi 2 ta o‘yin, ya’ni, Uganda - Tojikiston hamda O‘zbekiston-Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Chiptalar Namangan shahridagi "Markaziy" o‘yingoh, "Kamolot" bog‘i, "Chorsu" va "Sardoba" dahalaridagi kassalarda sotilmoqda.
Chiptalarni xarid qiling va milliy terma jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!
"Navbahor" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar