
Nazorat o‘yini. "Nasaf" "Lokomotiv"dan ustun keldi
TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda qarshiliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Islom Rashidxonov va Xurshid Muxtorovlar mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Lokomotiv" 2-turni o‘z maydonida "Navbahor"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv 30 mart kuni soat 19:00 da start oladi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari esa 31 mart kuni "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi
Nazorat uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Nasaf" 0:2
Gollar: Islom Rashidxonov (20), Xurshid Muxtorov (45)
"Lokomotiv": 12. Ma’mur Ikormov, 77. Diyor Turapov, 19. Avazbek O‘lmasaliev, 88. Igor Elich, 28. Shuhrat Muhammadiev, 17. Husniddin G‘ofurov, 7. Azizbek Haydarov, 22. Jamshid Iskanderov, 72. Botir Ergashev, 71. Arslanmurat Amanov, 9. Filip Raevats.
Zaxira: Arslon Axrorov, Umar Adhamzoda, Bek Abdullaev, Shohruh Mo‘minqulov, Jamoliddin Bahromov, Temur Mamatmurodov, Dilshod Komilov
"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 92. Umar Eshmurodov, 5. G‘olib G‘aybullaev, 28. Xurshid Muxtorov, 17. Doniyor Narzullaev, 15. Jo‘rabek Mannonov, 27. Islom Rashidxonov, 19. Sardor Abdurayimov, 22. Akmal Mozgovoy, 18. Bobur Davlatov, 9. Humoyun Murtozaev.
Zaxira: Alisher Yusupov, Azizjon G‘aniev, Azamat Soibov, Xudoyorxon Sa’dullaev.
Fikrlar