Nazorat uchrashuvlari. "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Roma" g‘alaba qozondi. "Nyukasl" esa "Atletiko"ga engildi. "Milan" APL klubi bilan durang o‘ynadi

  • 9 avgust, 22:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bir necha grand klublar o‘z o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. 
 
Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" "Fiorentina" bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. (Asosiy bo‘lim - 1:1, penaltilar seriyasi - 5:4). 
 
"Arsenal" esa o‘z uyida "Atletik Bilbao"ni qabul qilgan holda, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. (Gollar - Viktor Dyokeresh 33, Bukayo Saka 35, Kay Xavertts 81). 
 
APLning yana bir klubi "Nyukasl" Madridning "Atletiko" klubi bilan bahs olib borib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. (Gollar - Vilde Bez-Risa 18, Makarena Portales 45). 
 
Rimning "Roma" klubi esa Angliya Premer-ligasining "Everton" jamoasi bilan bo‘lgan bahsda 0:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Uchrashuvdagi yagona golni Sule 70-daqiqada kiritdi. 
 
Shuningdek, "Milan" ham APLning "Lids" jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. (Gollar - Ximenes 31, Stach 67).

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!