
"Neftchi" bir oylik ta’tilga chiqdi. Yangi mavsumga yig‘in qachondan boshlanishi aytildi
Birinchi davradagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng ikkinchi davradan ishga kirishgan yangi bosh murabbiy Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz oldiga Superligada qolish vazifasi qo‘yilgan edi.
Guvoh bo‘lganimizdek, jamoamiz mazkur vazifani uddalab, mavsumni ko‘tarinki ruxda yakunladi va shundan so‘ng futbolchilar ta’tilga yo‘l olishdi.
Chempionat davomida “Neftchi” sharafini munosib himoya qilgan futbolchilar deyarli bir oy davomida ta’tilda bo‘lib, shu yilning 12 dekabr kuni Farg‘onadagi qarorgohimizda yig‘ilishadi va yangi mavsum uchun tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlab yuboradi.
Murabbiylar shtabining rejasiga ko‘ra, jamoamizning amaldagi futbolchilari bilan kelasi mavsum uchun yangi shartnomalar yuzasidan muzokalar olib borilmoqda. Shuningdek, ta’tildan so‘ng jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni ham ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha selektsiya jarayoni olib borilishi rejadan o‘rin olgan.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
Fikrlar