"Neftchi" bosh murabbiy Levchenko bilan shartnoma muddatini uzaytirganini e’lon qildi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vitaliy Levchenko "Neftchi" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

“Neftchi” jamoasi bosh murabbiy Vitaliy Grigorevich Levchenko bilan shartnomani 2024 yil 31 dekabrgacha uzaytirdi. UEFAning Pro litsenziyasiga ega murabbiy  bilan oldingi shartnoma muddati shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etayotgandi.

Vitaliy Levchenko jamoamizga kelgandan buyon jamoa bosh murabbiyi sifatida 26 bor maydonga boshlab tushdi va ushbu uchrashuvlarda jamoamiz 12 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 4 bor mag‘lubiyatga uchragan va 10 bor durang o‘ynagan.  Ushbu o‘yinlarda 41 bor gol urib,  26 bor gol o‘tkazib yuborganmiz. Ushbu ko‘rsatkichlar so‘ngi yillardagi jamoamizning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘lib turibdi.

Vitaliy Grigorevich Levchenko bilan shartnoma muddati uzaytirilgani jamoamiz rahbariyati murabbiyga to‘liq ishonch bildirayotganidan dalolatdir!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!