
"Neftchi" bugun poytaxt jamoasiga qarshi maydonga tushadi
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni poytaxtda o‘tkazayotgan "Neftchi" bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, farg‘onaliklarga bu safar "Lokomotiv" raqiblik qiladi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionining zahira maydonida o‘tkaziladi. O‘yin 19:00 da boshlanadi.
Nazorat uchrashuvi
"Neftchi" - "Lokomotiv" 19:00
Fikrlar