"Neftchi" ertadan mashg‘ulotlarga qaytadi, rejada o‘rtoqlik o‘yinlari ham bor
Bekobodda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi bahsidan so‘ng "Neftchi" murabbiylar shtabi barcha futbolchilarga qisqa muddatli ta’til taqdim etishgan edi.
Besh kun xordiq chiqargan jamoa a’zolari ertadan boshlab Qirgulidagi qarorgohlarida yig‘ilib, tayyorgarlikni davom ettiradilar.
Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan Superliga chempionatida kichik tanaffus yuzaga kelgan. Shundan unumli foydalanish maqsadida murabbiylar shtabi bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha reja tuzishgan.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar