"Neftchi" futbolchilari ikkiga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazdilar

  • 10 iyun, 2023, 22:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, kichik tanaffusdan mazmunli foydalanish maqsadida "Neftchi" murabbiylar shtabi  14 va 18 iyun kunlari o‘rtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirgan. Ushbu o‘yinlar oldidan bugun  futbolchilar  "Istiqlol" markaziy o‘yingohida ikkiga bo‘lingan holda sariq va yashil rangli liboslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

Uchrashuv mobaynida har ikkala jamoa vakillarida ham gol kiritish uchun ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi va bundan faqat yashillar unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu vaziyatda aniq oshirilgan uzatmani qabul qilib olgan Sunnatilla Abdullajonov to‘pni darvoza to‘riga chiroyli tarzda joylab qo‘ydi va jamoasining minimal 0:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi nazorat-sinov bahsida Ulug‘bek Xoshimov bilan Vladimir Nazarovlar O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvlariga, tajribali legioner himoyachi Zoir Jo‘raboev esa Tojikiston terma jamoasi bilan Toshkentda o‘tayotgan CAFA musobaqasiga jalb qilinganliklari bois, ular bugungi uchrashuvda ishtirok  etishmadi.

"Istiqlol" stadioni "Neftchi-Sariqlar"   0:1 "Neftchi-Yashillar"

Gol: S. Abdullajonov 83 0:1.

"Neftchi" (Sariqlar): Akbar To‘raev,  Aleksey Larin,  Muxsin Ubaydullaev, Anvar G‘ofurov, Mirzoxid G‘ofurov, Umar Adxamzoda,  Lutfulla To‘raev,  Diyor Turopov,  G‘ulomxaydar G‘ulomov, Izzatilla Abdullaev, Toma Tabatadze.

"Neftchi" (Yashillar): Asror Kenjaev,  Andrey Mishenko, Raxmonjon Ro‘ziev, Nodirxon Ne’matxonov,  Abbos G‘ulomov,  Sunnatilla Abdullajonov, Fozil Musaev, Abdullox Olimov (Muxammadali Xolmatov 75), Yuriy  Batyushin, Doniyor Valiev, Murod Bobojonov (Faxriddin Muxammadov 70).

"Neftchi" matbuot xizmati. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!