"Neftchi" klubining logotipi o‘zgardi (Foto)

  • 5 fevral, 2021, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” professional futbol klubining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda klubning barcha ma’muriyat xodimlari va faxriy muxlislari ishtirok etdi. Kun tartibiga “Neftchi” PFK logotipiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala qo‘yildi. Klubning ko‘p sonli muxlislari tomonidan bildirilgan fikr va takliflariga ko‘ra, klub logotipiga o‘zgartirish kiritish kerakligi xaqida gapirib o‘tildi.

Tecno

Yangi logotipning bir nechta nusxalari yig‘ilish qatnashchilariga taqdim etildi va ular orasidan eng ma’quli tanlandi. Yig‘ilishda chiqarilgan qarorga ko‘ra, klubning yangi logotipi tanlab olindi va bir ovozdan ma’qullandi.

Klub matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bundan buyon “Neftchi” futbol klubi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbir va matnlarda ushbu yangi logotipdan foydalaniladi.

photo_2021-02-05_13-33-23

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
kenjebaev
05/02/2021 16:37
Яхши чиқибди