"Neftchi" murabbiyi: "Bugungi muxlislik uchun g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi

  • 3 oktabr, 2022, 23:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar murabbiyi Vladimir Ejurov matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Bugungi sifatli va chiroyli o‘yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman, bundan tashqari jamoamiz muxlislariga alohida tashakkur izhor qilaman. Bugungi muxlislik uchun g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi.

Bugun jamoamiz o‘yini nazorat qila oldi, raqibning rejalarini buzishda yaxshi harakat qildik, "Lokomotiv"ni o‘rgangan edik, ularning zaif tomonlarini futbolchilarga ko‘rsata oldik va yakunda g‘alaba qozondik.

"Lokomotiv" jamoasida yaxshi o‘yinchilar bor, jamoa ancha tezkor harakat qiladi. Bugungi muxlislikni ko‘rib, jamoamiz xuddi o‘zimizning stadionda o‘ynaganday his qildi, buning uchun muxlislarga katta rahmat aytamiz, ular bugun xaqiqiy 12-o‘yinchimiz bo‘la olishdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!