"Neftchi" navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini ham tojik klubiga qarshi o‘tkazadi

  • 23.07.2023 16:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorgarlikni qizg‘in davom ettirmoqda, Bu borada oddiy mashg‘ulotlardan tortib, o‘rtoqlik bahslariga ham katta ahamiyat berilmoqda.

Ikki kun ilgari Tojikistonning "Esxata" jamoasini qabul qilib 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Vitaliy Levchenko shogirdlari 25 iyulda Qirgulidagi qarorgoh stadionida Tojikistonning "Xo‘jand" klubi bilan o‘rtoqlik bellashuviga hozirlik ko‘rmoqda.

Bu uchrashuv va mashg‘ulotlarda jamoa bilan shartnoma tuzishga ahd qilgan yangi o‘yinchilar sinovdan o‘tkazilib, himoya, yarim himoya va hujum chizig‘ini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘riladi.

"Neftchi" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!